AFP'ga ko‘ra, Suriya rasmiylari 2012 yildan beri birinchi marta Halab ustidan nazoratni qo‘ldan chiqardi.
Suriya Inson huquqlari observatoriyasi (SOHR) tahlilchilariga ko‘ra, Suriya hukumat kuchlari mamlakatning ikkinchi yirik shahri Halab ustidan nazoratni qo‘ldan boy berdi.
"Suriyadagi “Hayat Tahrir ash-Shom” qurolli guruhi va uning ittifoqchilari Halabni deyarli to‘liq egallab oldi, faqat kurd kuchlari nazoratida bo‘lgan shahar chetidagi ba’zi hududlar bundan mustasno", — dedi SOHR rahbari Rami Abdel Rahmon AFP'ga.
Suriya armiyasi kecha qurolli guruhlar Halabning "katta qismini" bosib olganini tasdiqladi. Shahardagi aeroport faoliyati to‘xtatildi va shaharga kiruvchi barcha yo‘llar yopildi.
Eron Bashar Asad tuzumini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. Rossiya bir necha kundan beri havo hujumlarini amalga oshirmoqda.