Suriya yetakchisi Antaliyada Turkiya prezidenti bilan uchrashdi.
Ma’lum qilinishicha, Turkiyada o‘tkazilayotgan Antaliya diplomatiya forumi doirasida (ADF 2025) Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Ahmad ash-Sharaa o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bundan tashqari, Suriyaning o‘tish davri prezidenti forum doirasida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Kosovo prezidenti Vjosa Usmoniy, Qatar bosh vaziri va Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy, Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Faysal bin Farhan bilan uchrashuvlar o‘tkazgani xabar berilmoqda.