Bugun 21 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Ekspert hakamlar OKMK - "Andijon", "Qizilqum" - "Navbahor" o‘yinida faoliyat olib borgan hakamlar faoliyatini tahlil qildi.

Superliganing 8-turidan o‘rin olgan OKMK — "Andijon" uchrashuvining 60-daqiqasida OKMK futbolchisi to‘psiz vaziyatda raqib jamoa vakilining yuziga tirsak bilan zarba berdi. Bosh hakam Rustam Lutfullin ushbu holatda VAR hakami bilan maslahatlashgan holda to‘g‘ri qaror chiqardi va tegishli chorani ko‘rdi.

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Biroq, bellashuvning 85-daqiqasida bahsli penalti holati yuzaga keldi. Futbolchilar o‘rtasida to‘p uchun kurash davomida bosh hakam penalti belgiladi. Ammo vaziyatni tahlil qilgan ekspert hakamlar qaroriga ko‘ra, ushbu holatda 11 metrlik jarima zarbasi tayinlanmasligi kerak edi.

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Rustam Lutfullin xatolikka yo‘l qo‘ygani uchun nomuayyan muddatga chetlatildi.

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Shuningdek, "Qizilqum" — "Navbahor" o‘yinining 90+5-daqiqasida bosh hakam Ahrol Risqullayev "Navbahor" futbolchisining qo‘liga tekkan to‘p sababli penalti belgiladi. VAR orqali vaziyat tekshirilgach, qaror o‘zgarishsiz qolgan va 90+12-daqiqada ushbu penalti amalga oshirilgan. Ammo ekspertlar ushbu holatda futbolchining qo‘li tanasiga yopishib turgani bois penalti tayinlanmasligi kerak deb topdi.

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Superligada ikki hakam noto‘g‘ri penalti belgilagani uchun noma’lum muddatga futboldan chetlatildi

Hakamlar qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Ahrol Risqullayev ham o‘yinda yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli nomuayyan muddatga chetlatildi.

Kiritildi: 17:45 05.05.2025. O'qildi: 844 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!