Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Superligada 12-turning so‘nggi 3 o‘yini o‘tkazildi

Superligada 12-turning so‘nggi 3 o‘yini o‘tkazildi

O‘zbekiston chempionatida 12-tur bahslari yakunlandi.

Peshqadam «Nasaf» (28) markaziy o‘yinda «Navbahor»ni (20, 4-o‘rin) Cheranning goli evaziga mag‘lub etdi.

«Dinamo» (25) Jizzaxda «Xorazm» (14, 9-o‘rin) ustidan irodali g‘alabaga erishib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. Agar Vadim Abramov jamoasi qoldirilgan o‘yinda ham 3 ochko qo‘lga kiritsa, Qarshi klubiga yetib oladi.

Termizda o‘tgan «Surxon» (14, 10-o‘rin) va «Neftchi» (20, 5-o‘rin) o‘rtasidagi bellashuvda hisob ochilmadi.

Superliga. 12-tur. 15 iyun
Nasaf — Navbahor 1:0

Gol: Dragan Cheran (77, penalti).
Nasaf — Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, G‘olib G‘aybullayev,Akmal Mozgovoy, Zafarmurod Abdurahmatov (Shuhrat Muhammadiyev, 79), Dragan Cheran (Stefan Cholovich, 84), Sharof Muhiddinov, Husayn Norchayev (Ruben Hebay, 64), Igor Golban (Murod Rahmatov, 64), Oybek Bozorov, Umar Eshmurodov
Navbahor — Umid Ergashev, Azim Ahmedov (Javohir Abdujabborov, 79), Zabihillo O‘rinboyev, Shahzod Ubaydullayev (Alisher Odilov, 63), Saidazamat Mirsaidov, Benjamin Teydi, Ruslan Jiyanov, Mirzohid G‘ofurov (Sergey Karpovich, 63), Gellerme Gedesh, Abbos G‘ulomov (Pedro, 86), Igor Gabriel.
Ogohlantirish: Gedesh (86).

Xorazm — Dinamo 1:2
Gollar: Murod Bobojonov (25) — Firdavs Abdurahmonov (33), Oybek O‘rmonjonov (60).
Xorazm — Mashhur Muhammadjonov, Xazrat Tursunqulov (Sanjar Shoahmedov, 77), Jasur Azimov (Dilshod Jo‘rayev, 46), Murod Bobojonov (Shaxrom Samiyev, 58), Humoyunmirzo Iminov, Vladimir Bubanya, Frasis Narx (Temur Ismailov, 67), Ixtiyor Toshpo‘latov, Doston Tursunov, Sunnatulla Abdullajonov (Rustam Abduhamidov,46), Abror Xusinov
Dinamo — Ravshan Yagudin, Jaxongir O‘rozov, Ratinio, Mirjahon Mirahmadov (Behruz Oblaqulov, 87), Anvar Xojimirzayev (Marko Stanoyevich, 78), Richard Fraydey (Sanjar Qodirqulov, 73), Salim Mustafayev, Oleksandr Kucherenko, Ulug‘bek Abdullayev, Oybek O‘rmonjonov (Xislat Xalilov, 87), Firdavs Abdurahmonov (Maykon Duglas, 73).
Ogohlantirishlar: Abror Xusinov (37), Salim Mustafoyev (42), Dilshod Jo‘rayev (66).

Surxon — Neftchi 0:0
Surxon — Artyom Potapov, Sunnatullox Xamidjonov, Jamoliddin Xo‘janiyozov, Behzod Shamsiyev, Doston Tursunov (Sherzod Komilov, 85), Xumoyun Sherbo‘tayev (Diyor Ramazonov, 90+2), Dmitrii Pletnev, Muhammad Ali Abdurahmonov (Sarvar Abduhamidov, 85), Asilbek Jumayev, Behruz Shaydulov, Sunnatilla Poyonov (Jahongir Abdusalomov,66).
Netfchi — Botirali Ergashev, Boyan Siger (Yovan Jokich, 78), Ikrom Aliboyev, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, Abror Ismoilov (Muhammadali G‘iyosov, 46), Quvondiq Ro‘ziyev, Jamshid Boltaboyev (Jamshid Iskanderov, 70), Anvar G‘ofurov, Muhsin Ubaydullayev, Zoran Marushich (Toma Tabatadze,70), Bilol Toshmirzayev.
Ogohlantirishlar: Muhammadali G‘iyosov (54), Anvar G‘ofurov (83), Ibrohimxalil Yo‘ldoshev (90+1).

Kiritildi: 22:16 15.06.2025. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!