Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Superliga. Bugun 27-tur bahslari davom ettiriladi

Superliga. Bugun 27-tur bahslari davom ettiriladi

Bugun, 6 noyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 27-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Turning ikkinchi o‘yin kunida bitta bahs o‘tkaziladi. Jizzaxning «So‘g‘diyona» klubi o‘z maydonida Samarqandning «Dinamo» jamoasini qabul qiladi.

26-turdan keyin «Dinamo» 34 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, «So‘g‘diyona» 30 ochko bilan 11-pog‘onada bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-turning dastlabki uchrashuvi 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Unda «Xorazm» safarda «Bunyodkor»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

O‘zbekiston Superligasi. 27-tur

6 noyabr, juma

18:30. «So‘g‘diyona» – «Dinamo»

27-turning qolgan oltita uchrashuvi 7–8 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:04 06.11.2026. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik