Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Superliga. Bugun 11-turning uchta o‘yini bo‘lib o‘tadi: OKMK "Neftchi"ni, "Surxon" esa "Paxtakor"ni qabul qiladi

Superliga. Bugun 11-turning uchta o‘yini bo‘lib o‘tadi: OKMK "Neftchi"ni, "Surxon" esa "Paxtakor"ni qabul qiladi

Bugun, 3 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasida 11-tur bahslari davom ettiriladi. Tur doirasida jami uchta uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kun dasturini Olmaliqdagi bahs ochib beradi: mahalliy OKMK jamoasi turnir jadvali peshqadami — Farg‘onaning "Neftchi" klubini qabul qiladi. Uchrashuv soat 17:00'da boshlanadi.

Shuningdek, soat 18:00'da "Qo‘qon-1912" hamda "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi bahsga start beriladi.

Turning bugungi o‘yinlariga Termizda yakun yasaladi. Unda "Surxon" o‘z maydonida "Paxtakor" bilan kuch sinashadi. Ushbu bellashuv soat 19:15'da boshlanishi belgilangan.

Superliga. 11-tur 3 may, yakshanba

  • 17:00. OKMK — "Neftchi"

  • 18:00. "Qo‘qon-1912" — "Bunyodkor"

  • 19:15. "Surxon" — "Paxtakor"

Superliga. Bugun 11-turning uchta o‘yini bo‘lib o‘tadi: OKMK "Neftchi"ni, "Surxon" esa "Paxtakor"ni qabul qiladi

Superliga. Bugun 11-turning uchta o‘yini bo‘lib o‘tadi: OKMK "Neftchi"ni, "Surxon" esa "Paxtakor"ni qabul qiladi

Kiritildi: Bugun 12:02. O'qildi: 165 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!