Superliganing 8-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. Mazkur turda bir qator qiziqarli va murosasiz bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, turning markaziy o‘yinida "Neftchi" va "Nasaf" jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. Unda farg‘onaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, "Paxtakor" — "Dinamo" uchrashuvi ham keskin kurashlarga va gollarga boy tarzda o‘tdi — 4:2.
Ayni paytda turnir jadvalida Kamoliddin Tojiyev shogirdlari peshqadam bo‘lib turibdi. Ularning hisobida 21 ochko mavjud.
Quyida turnir jadvalidagi holat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.
