"Al-Hilol" Viktor Osimxenga bir mavsum uchun 50 mln yevro taklif qilmoqda.
Saudiya klubi nigeriyalik forvard uchun kurashni davom ettirmoqda. Klub uning uchun 75 million yevro tovon puli to‘lashga tayyor.
Avvalroq, 26 yoshli futbolchi klubning avvalgi takliflarini rad etgani xabar qilingandi. Unga 26 mln yevro maosh, 30 mln yevro va bonuslar hamda 40+5 mln yevro taklif qilingan.
Osimxen o‘tgan mavsum "Galatasaroy"da ijara asosida o‘ynagan edi. U Turkiya chempionatida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urgan.