"Five Eyes" (AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya) alyansi razvedka xizmatlarining bayonotiga ko‘ra, sun’iy intellektning yangi modellari kiberhujumlar tezligi, ko‘lami va murakkabligini keskin oshirishga qodir.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar yillar emas, balki yaqin oylar ichida sodir bo‘ladi. Razvedka idoralari rahbarlari kompaniyalarni xavfsizlik tizimlarini yangilashni tezlashtirishga, tashqi tizimlar sonini kamaytirishga va eskirgan dasturiy ta’minotlardan voz kechishga chaqirdi.
Shu bilan birga, bayonotda SI zaifliklarni tezroq aniqlash va tahdidlarga qarshi turishda muhim himoya vositasiga aylanishi ham mumkinligi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlarda Anthropic kompaniyasining yangi "Mythos" SI modeli sinov davomida Milliy xavfsizlik agentligining (MHA/NSA) maxfiy tizimlari kiberhimoyasini bir necha soat ichida buzib kirishga muvaffaq bo‘lgan edi.