Hisob-kitoblarda jamoalar reytingi, shaxmatchilarning joriy formasi, oq va qora donalarda o‘ynash ko‘rsatkichlari, o‘zaro uchrashuvlar statistikasi hamda boshqa qo‘shimcha omillar inobatga olingan.
Murakkab hisob-kitoblar va bir qator simulyasiyalar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining chempion bo‘lish ehtimoli 96,5 foiz deb baholangan.
Simulyasiya natijasida O‘zbekistonning kumush medal bilan yakunlashi ehtimoli esa 3,5 foizni tashkil etgan.
Shu tariqa, sun’iy intellekt modeli bugungi hal qiluvchi bahslar oldidan O‘zbekistonning chempionlik imkoniyatini yuqori darajada baholagan.