Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

So‘nggi 5 yillikdagi muhim ilmiy kashfiyotlar

So‘nggi 5 yillikdagi muhim ilmiy kashfiyotlar

3D printerida yurak

Joriy yilda 3D printerlari yana bir bor odamlarni lol qoldirdi. Ya’ni, mutaxassislar ular yordamida inson yuragini yaratishning uddasidan chiqishdi.

Buning uchun tadqiqotchi olimlar inson tanasidan yog‘ xujayralarini oldi va ulardan ildizli xujayra yaratdi. So‘ng hosil bo‘lgan ildizli xujayra bog‘lovchi modda bilan aralashtirildi. Mazkur aralashmadan oddiy printerga quyiladigan, bo‘yoqqa o‘xshash printer xomashyo vujudga keldi.

Yurakning birinchi namunasini bosib chiqarishga 3,5 soat vaqt sarflandi. Barcha qon tomirlari bilan to‘liq faoliyat ko‘rsatadigan haqiqiy odam yuragini yaratish uchun ko‘proq xujayra va “bo‘yoq” kerak bo‘ladi. 3D printeridan chiqarilgan yurak birinchi sinov namunasi bo‘lsa-da, yaqin kelajakda mazkur texnologiya ko‘plab tibbiy muassasalarda keng qo‘llanilishi taxmin qilinmoqda. 

Qora tuynuk surati

2019 yilda kashf etilgan yana bir tarixiy hodisa: mutaxassislar ilk marta fazoviy qaro tuynukning suratini olishdi. Suratga olingan bu tuynuk Yerdan 53 million yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Olimlar dunyodagi eng kuchli 8 ta teleskopni birlashtirib, buning uddasidan chiqishdi.

Mutaxassislar ilk suratni 2017 yilda olishgan edi. Biroq olingan suratga ishlov berishga mutaxassislarga ikki yil vaqt kerak bo‘ldi. Natijada biz qora tuynuk batafsil aks ettirilgan suratni qo‘lga kiritdik. Ushbu muvaffaqiyat olimlarga qora tuynuklarni yanada batafsil o‘rganish imkoniyatini beradi.

Inson a’zolarini sun’iy yetishtirish

Inson a’zosini transplantasiya (ko‘chirish) qilish muammosi hozirgi kungacha qiyin kechmoqda. Ko‘plab insonlar xasta a’zolarini boshqasiga almashtirish uchun donor topolmasdan halok bo‘lishmoqda. Biroq Garvard universiteti olimlari muammoning yechimini topganga o‘xshaydi. Ular inson a’zolarini sun’iy yetishtirish usulini o‘rganishdi.

Hozircha faqat jonivorlardan (masalan, cho‘chqa) zarur xujayralarni ajratib olib, uni ustirishmoqda. Shuningdek, ular jonivor a’zosini, faqat teri qismi qolguncha yuvish jarayonidan o‘tkazib, unga inson xujayrasining ildizini ekishni o‘rganishdi. Natijada inson xujayrasi jonivor xujayrasi bilan o‘zaro aloqaga kirishib, yangi a’zo hosil qildi. Va, u oxirigacha shakllanib bo‘lganidan so‘ng odamga o‘rnatilishi mumkin bo‘ladi. Ularning (odam va jonivor xujayralari) DNKsi turli bo‘lishiga qaramasdan, yetishtirilgan a’zo inson organizmiga tez moslasha oladi.

Ebola virusiga qarshi vaksina

Ebola virusi tutqanog‘i minglab odamlarni hayotdan olib ketdi. Yetuk mutaxassislar buni shunday qoldirolmasdi. Vaksina suv chechak vaksinasi namunasi asosida yaratildi. Uning asosiy vazifasi – bu sog‘lom odam organizmi atrofida himoya qobig‘ini hosil qilishdan iborat.

Dastlabki vaksinalar 2015 yilda Gvineyada qo‘llanildi. Qo‘rqinchli virus bilan kasallangan odamlar bilan aloqada bo‘lgan 4 mingdan ortiq inson ko‘ngillilar sifatida shifokorlarga murojaat qilishdi. Vaksina emlangandan keyingi dastlabki ko‘rsatkichlar shifokorlarni xursand qildi. Ya’ni, emlangan odamlarning hech biri kasallanmadi. Emlash jarayonidan 3 oy o‘tib, olimlar ular tomonidan yaratilgan vositaning samarasi 100 foizlik ekanligini isbotlashdi.

Embrion (ona qorni davrida) davrida DNKni o‘zgartirish

2018 yilda olimlar aqlbovar qilmas muvaffaqiyatga erishdi. pensilvaniyalik bir guruh biologlar embrionning DNK tizimining bir qismini o‘zgartirishdi. Mazkur tadqiqot hozircha faqat sichqonlarda sinaldi. Ammo o‘tkazilgan tadqiqotning natijasi tez orada insonlarga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda ular mazkur texnologiyani homilador ayolga xavf-xatarsiz qo‘llash ustida bosh qotirishmoqda.

Barchasi ko‘ngildagidek o‘tsa, unda homiladorlik davrida aniqlangan irsiy xastaliklarni ona qornidayoq bartaraf etishning imkoni topiladi. Bundan tashqari, mazkur texnologiya homilani yo‘qotish sonini kamaytirishga ham yordam beradi.

Bekzod MUSURMONOV tayyorladi.

Manba: zarnews.uz

Kiritildi: 07:15 21.10.2019. O'qildi: 5278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!