Ijtimoiy tarmoqdagi qator axborot manbalarida Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mansabdori pora bilan qo‘lga olingani haqida xabarlar talqin qilinmoqda.
Darhaqiqat, Sudyalar oliy maktabining arxiv mudiri lavozimida (0.5 stavkada) ishlab kelgan A. S. muqaddam sudlangan shaxsga nisbatan qo‘llanilgan jazoning muayyan huquqdan mahrum qilish qismini tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 5000 AQSh dollari olgan vaqtda ushlangan.
Biroq ayrim xabarlardagi qo‘lga olingan shaxs ushbu muassasa mansabdori va uning jinoiy xatti-harakatlari xizmat vazifasi bilan bog‘liq ekaniga oid ta’kidlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Sudyalar oliy kengashi