Bugun 9 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Sudyalar faoliyati ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholanadi

A A A
Sudyalar faoliyati ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholanadi

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–717-son, 20.09.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

“O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Kengash:

➖ sudyalar orasida korrupsiya holatlarining oldini olib, ularni barvaqt aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi;
➖ sud tizimida aniqlangan har bir korrupsiya holatini ko‘rib chiqadi va prinsipial baholaydi.

📌 Shuningdek, kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, Kengash sudyalar faoliyatini ochiq va shaffof elektron reyting dasturi asosida baholash mezonlarini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘radi.

Qonun bilan Kengash raisi o‘rinbosari vakolatlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, Kengash raisi o‘rinbosari:

👉 Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasining faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyati samaradorligini ta’minlash uchun javobgar bo‘ladi;

👉 axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etishga, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlashga doir ishlarni tashkil etadi.

➡️ Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Kengash raisi sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirishga aralashganlik holatlari yuzasidan prokuratura organlariga taqdimnoma kiritishi mumkin.

☑️ Prokuratura organlariga kiritilgan taqdimnoma 1 oy muddatda ko‘rib chiqiladi va Kengash jinoyat ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida yoki uni qo‘zg‘atish rad etilganligi haqida Bosh prokuratura tomonidan xabardor qilinadi.

Kiritildi: 14:52 21.09.2021. O'qildi: 1428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!