Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

“Sudandagi qurolli kuchlar va guruhlarga bolalarni yollash tugatilishi kerak”

“Sudandagi qurolli kuchlar va guruhlarga bolalarni yollash tugatilishi kerak”

Joriy yilning 29 oktyabrida YUNISEF ijrochi direktori Anriyetta Fore Sudanga tashrif buyurdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Tashrif chog‘ida Fore Bosh vazir Abdulla Hamdok bilan uchrashdi hamda Janubiy Kordofandagi Kadugli shahriga borib, u yerdagi bolalarning yashash tarzi, sharoiti bilan tanishdi.

Hududda yillab davom etgan mojarolar va inqiroz bu yerdagi millionlab bolalarni himoyasiz qoldirgan. Oqibatda 2.6 million bola gumanitar yordamga muhtoj, 1 millionga yaqin bola uyidan chiqib ketgan. 3,6 million bola esa urush bo‘layotgan hududlarda yashaydi. To‘yib ovqatlanmaslik va ochlikdan har kuni taxminan 120 nafar bola vafot etadi.

Hokimiyat vakillari bilan uchrashuvda Fore, bolalar ehtiyojlarini birinchi o‘ringa qo‘yish, jumladan, to‘yib ovqatlanmaslikka qarshi kurashni kuchaytirish, ta’limdagi inqirozga barham berish va bolalar va yoshlarga investisiyalarni ko‘paytirish zarurligi xususida so‘z yuritgan.

Uchrashuv chog‘ida Fore quyidagilarni ta’kidlagan: “Men ham Xartumda, ham Janubiy Kordofanda o‘spirinlar va yoshlar bilan birga bo‘ldim, ular menga o‘zlarining kelajakdagi maqsadlari haqida gapirib berdi. Sudandagi qurolli kuchlar va guruhlarga bolalarni yollash va ulardan foydalanishni tugashi kerak. YUNISEF barcha bolalarni o‘z jamoalariga qaytarish bo‘yicha ish olib bormoqda. Sudan yoshlari hozirgi va kelajakdagi farovonligiga ta’sir qiladigan qarorlarni qabul qilishda ishtirok etish huquqiga ega.”

 

Kiritildi: 08:00 09.11.2019. O'qildi: 1560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!