General Abdel Fattoh al-Burxon boshchiligidagi Sudan hukumati qo‘shinlari avvalroq Sudan armiyasi tomonidan isyonchi Tezkor harakat kuchlari ishg‘olidan ozod qilingan Prezident saroyiga yetib keldi.
Abdel Fattoh al-Burxon: " Hammasi tugadi. Poytaxt Xartum endi ozod. Biz Xartumni ozod qilishga muvaffaq bo‘ldik ".
Sudandagi fuqarolar urushi tub burilish nuqtasini boshdan kechirdi.
RSF qo‘shinlari asosiy ob’ektlar ustidan nazoratni yo‘qotib, chekinishni boshladilar. Avvalroq armiya Markaziy bank binosi va prezident saroyini nazoratga olgan, bugun esa Xartum xalqaro ayeroportidagi RSF mudofaasi qulagan, bu esa jangarilarning shahardan ommaviy chiqib ketishiga olib kelgan.