Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sud Trampga bojlar joriy etishni blokladi

Sud Trampga bojlar joriy etishni blokladi

AQSh federal sudi Donald Trampning deyarli barcha savdo tariflarini bekor qildi . Sudya 1977-yilda qabul qilingan favqulodda vaziyatlarni boshqarish to‘g‘risidagi qonunga tayanib, prezidentning “deyarli har qanday davlatdan tovarlarga cheksiz qo‘shimcha to‘lovlar kiritish” vakolatiga ega emasligini ta’kidladi. Bu huquq, sudning tushuntirishicha, faqat Kongressga tegishli.

Moliyaviy bozorlar darhol javob berdi. Amerikaning Dow Jones indeksi 1,1 foizga, neft narxi bir dollardan oshib ketdi, Germaniya DAX 0,5 foizga, S&PP500 birjasi fyucherslari 1,4 foizga, Nasdaq birjasi esa 1,6 foizga oshdi.

Tahlilchilarning ta’kidlashicha, bu qaror investorlarni qo‘rqitayotgan iqtisodiy noaniqlik darajasini pasaytirgan. CNNning aniqlik kiritishicha, farmon Xitoydan import qilinadigan mahsulotlarga 30 foiz, Meksika va Kanadadan ayrim tovarlarga 25 foiz va AQShga kiruvchi aksariyat tovarlarga 10 foizlik tariflarga tegishli.

Ayni paytda Oq uy apellyasiya shikoyati berdi, Tramp maslahatchisi Stiven Miller sudyalarni “qonuniy to‘ntarish”da aybladi. Uning aytishicha, AQSh sud tizimi "nazoratdan tashqarida".

Kiritildi: 21:48 29.05.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!