Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Turkmanistonning Qoraqum sahrosida yarim asrdan buyon yonayotgan «Jahannam darvozasi» krateri so‘nishni boshladi, deb xabar berdi Daily Mail.

Sobiq ittifoq geologlarining muvaffaqiyatsizligi oqibatida 1971 yilda paydo bo‘lgan kraterdagi alanga shashti pasayishni boshlaganiga ancha bo‘lgan.

«Geologlar olov tezda o‘chadi degan qarorda, sizib chiqqan gazga o‘t qo‘yishgan. Ammo olov hanuz yonmoqda. Faqat avvalgi shashtidan asar qolmagan, sababi — yer osti zaxiralaridan keluvchi gaz oqimining kamayishi, uning bir qismi utilizasiya uchun burg‘ilash quduqlariga yo‘naltirilmoqda, — deyiladi xabarda.

«Darvozani yopish» loyihasiga 2022 yilda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov start bergan. Bundan maqsad — metanning havoni ifloslashini kamaytirish hamda qimmatbaho boylikni asrashdir.

Kiritildi: 20:02 07.06.2025. O'qildi: 909 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!