Xitoyda HKU5-CoV-2 deb nomlangan yangi virus qayd etildi. Hozircha u faqat ko‘rshapalaklar orasida tarqalmoqda, biroq shtammlardan biri insonlarga yuqishi mumkinligi aniqlangan.
Virus ilk bor Uhan laboratoriyasida topilgan — aynan u yerdan COVID-19 pandemiyasi boshlangani taxmin qilingan edi. Olimlar yangi xavfli pandemiya yuzaga kelish ehtimoli sabab vaziyatni qat’iy nazoratga olgan.