Ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, AQSh okrug sudi sudyasi Richard Leon Kongress roziligi olinmaguncha Oq uyning Sharqiy qanoti o‘rnidagi bal zali qurilishi to‘xtatilishi kerakligi haqida qaror chiqardi.
"Qo‘shma Shtatlar prezidenti kelajakdagi birinchi oilalar (prezidentlar) uchun Oq uyni asrab-avaylovchi shaxs hisoblanadi. Biroq u uning egasi emas!", — deya ta’kidladi sudya.
Tegishli da’vo arizasi Tarixiy merosni saqlash milliy fondi tomonidan kiritilgandi. Sud fondning dastlabki sud taqiqi to‘g‘risidagi iltimosnomasini qanoatlantirdi. Ammo qaror faqat 14 kundan keyin kuchga kiradi. Bu vaqt ichida Tramp ma’muriyati apellyasiya shikoyati berishi mumkin.