"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi "Barselona"ni diqqat bilan kuzatishda davom etmoqda, bu haqda uning jamoadoshi Luis Suares ma’lum qildi.
O‘tmishda ikkala futbolchi ham "ko‘k-anorranglilar" sharafini himoya qilgan. Argentinalik 2021 yilda, urugvaylik esa bir yil avval Kataloniya grandi safini tark etgandi.
"Messi hamon "Barsa"ning barcha o‘yinlarini tomosha qiladi va uning Flik davridagi muvaffaqiyatlaridan quvonadi. Bir necha kun oldin Leo menga juda hayratda va faxrlanayotganini aytdi, chunki jamoa o‘zligini tikladi," - deya Suaresning so‘zlarini keltiradi jurnalist Migel Blaskes.