Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Styuardessa yo‘lovchilarga kulgili iltimosnoma yo‘lladi

Styuardessa yo‘lovchilarga kulgili iltimosnoma yo‘lladi

Styuardessa Syuzan Braun yo‘lovchilarga kulgili iltimosnoma yo‘lladi. Uning so‘zlari Daily Express  tomonidan nashr etilgan.

"Sayyohlar ko‘pincha samolyotda do‘stlari yoki oila a’zolari bilan suratga tushirishimni so‘rashadi. Men bunga qarshi emasman. Ammo kimdir mendan ularni videoga olishimni so‘rasa, men bunga dosh berolmayman”, — deya tushuntirdi styuardessa.

U so‘zlariga izoh berar ekan, faoliyati davomida yo‘lovchilardan biri uni 30 daqiqa davomida videoga olishga undaganini aytib o‘tdi. «Men yo‘lakdan tushayotganimda, bir qiz meni to‘xtatdi va uni videoga olishimni so‘radi. O‘sha paytda biz boshqa sayohatchilarga ovqat tarqatardik va ovqatlanish uchun tanaffusimiz bor edi», — deb eslaydi Braun.

Aviakompaniya xodimi har doim mijozlarga yordam berishga va ularga xizmat ko‘rsatishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi, ammo u yo‘lovchini samolyotda doimiy kuzatib borish va uni videoga yozib olish uchun javobgar emas.

Kiritildi: 12:31 19.05.2020. O'qildi: 4837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!