Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Stress surunkali jarayonga aylanadi

A A A
Stress surunkali jarayonga aylanadi

Xorijiy OAVlar doimiy stress organizmga qanday ta’sir qilishi haqida hikoya qiladi.

Stress surunkali jarayonga aylanadi
To‘g‘ri- stress odam uchun oddiy bo‘lgan jarayon, va vaqti-vaqti bilan uning uni his qilish tabiiy holat. Agarda u qisqa va tez bartaraf bo‘lsa, albatta.

Biroq, bir haftadan ortiq davom etayotgan hissiy zo‘riqishni surunkali stress deb atash mumkin. Va siz bunga shu qadar ko‘nikib ketasizki, buning ruhiy muammoga aylanganini ham sezmay qolasiz.

“Xavotirli” gormonlar ishlab chiqiladi

Doimiy tashvish va surunkali stress holati ayollarda menstrual siklning kechikishi yoki tartibsizlanishiga olib keladi. Keyinchalik turli kasalliklarga sabab bo‘lishi, eng yomon holatda menstrual sikl to‘liq yo‘qolishi mumkin.

Xotira yomonlashadi

Birinchi navbatda narsalarni bir biriga bog‘lovchi xotira yomonlashadi: ya’ni siz uy kalitini qayerga qo‘yganingiz, dazmolni o‘chirganingiz yoki o‘chirmaganingizni va kunda nimalarni reja qilganingizni unutib qo‘yishingiz mumkin.

Xo‘sh, stress bilan qanday kurashish mumkin?

Tez—tez telefonni o‘chirib qo‘yish va yangilik, xabarlar o‘qishdan o‘zini cheklash kerak. Ayniqsa, uyqudan ikki-uch soat oldin.

Pozitiv fikrlashni mashq qiling. Hamma narsadan yaxshilikni topishga harakat qiling. Unutmang, ko‘z yosh bilan muammolar hal bo‘lmaydi.

Echimi faqatgina sizning ixtiyoringizda bo‘lgan muammolarga e’tibor qarating. Kuningizni soatlarga bo‘lib rejalashtiring.

Odatiy ishlar bilan shug‘ullaning- o‘zingizni parvarish qiling, to‘g‘ri ovqatlaning, ishlang, dam oling, yaqinlar va do‘stlar bilan uchrashib turing.

Kiritildi: 12:35 04.04.2022. O'qildi: 3015 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!