Bugun 5 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma yakunlandi. Endi nima bo‘ladi?

Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnoma yakunlandi. Endi nima bo‘ladi?

Endi Rossiya va AQShni qurollanish poygasidan hech narsa to‘xtata olmaydi

2026 yil 5 fevralda Strategik hujum qurollari bo‘yicha AQSH-Rossiya shartnomasining amal qilish muddati tugadi. Ushbu hujjat ikkita eng yirik yadroviy davlatni tartibga solgan va xalqaro barqarorlikni ta’minlagan asosiy xalqaro shartnomalardan biri edi.

Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomada (New START) aniq chegaralar, faol ishlatiladigan raketa va samolyotlar kabi tashuvchilar soni 700 tadan, umumiy mavjud tashuvchilar soni 800 tadan, strategik yadroviy qurollar 1550 ta dan oshmasligi belgilangandi. Ikkala davlatga bu cheklovlar shartnoma doirasida 2018 yilda qo‘yilgan va ular qoidalarga rioya qilib kelgan.

New Start shartnomasi batafsil tekshiruv tartiblarini, inspeksiyalarni, telemetriya almashinuvini, yagona ma’lumotlar bazasi orqali shaffoflikni hamda kkitomonlama maslahat komissiyasi faoliyatini o‘z ichiga olgan. Bu mexanizmlar majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish, ishonchsizlik va eskalasiya xavfini kamaytirishga xizmat qilgan.

Shartnomaning muddati tugaganidan so‘ng, Rossiya va AQSh o‘rtasida strategik yadroviy kuchlarni cheklovchi hech qanday yuridik mexanizmlar qolmadi.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!