Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Stoichkov: «Oltin to‘p»ni Yamal yutishiga umid qilaman. Ammo sovrinni France Football beradi»

Stoichkov: «Oltin to‘p»ni Yamal yutishiga umid qilaman. Ammo sovrinni France Football beradi»

«Barselona» klubi va Bolgariya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda noxolislik bo‘lishini tan oldi.

France Football talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimi 22 sentyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.

«Umid qilamanki, Yamal g‘olib bo‘ladi va men unga mukofotni topshiraman.

Lekin sovrinni Fransiyaning France Football jurnali beradi, Dembele esa fransiyalik», — dedi Stoichkov TV3 efirida.

Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda FIFA reytingida top-100da bo‘lgan mamlakatlardan 100 nafar jurnalist qatnashadi. Har bir jurnalist eng yaxshi o‘nlikni tanlashi kerak va har bir o‘rin o‘yinchiga ochko olib keladi.

Kiritildi: 16:49 12.08.2025. O'qildi: 792 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!