Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

SSV: Tedros Gebreyesus "O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi" bo‘ldi

SSV: Tedros Gebreyesus "O‘zbekiston sog‘liqni saqlash a’lochisi" bo‘ldi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Jenevada o‘tayotgan Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 76-sessiyasi doirasida JSST rahbari Tedros Gebreyesus bilan uchrashdi.

Muloqotda asosiy e’tibor mamlakatimizda ushbu tashkilot ko‘magida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va istiqbollari muhokamasiga qaratildi.

A.Inoyatov O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirishda ko‘rsatilayotgan beg‘araz yordam uchun T.Gebreyesusga minnatdorlik bildirdi.

JSST rahbari ham yurtimiz tibbiyotida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ayniqsa, mamlakatimizning silga qarshi kurash borasida amalga oshirayotgan ishlari boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lishini ta’kidladi.

Muloqot yakunida JSST bilan O‘zbekistonning samarali hamkorligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi uchun Tedros Gebreyesusga "O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi" ko‘krak nishoni topshirildi.

Kiritildi: 11:25 25.05.2023. O'qildi: 1669 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!