Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

SSV: Ayiq qafasidan omon qolgan qizaloq shifoxonadan uyiga qaytdi

A A A
SSV: Ayiq qafasidan omon qolgan qizaloq shifoxonadan uyiga qaytdi

Shu yilning 28 yanvarida hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborilgan qizaloqning Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.

Bugun barcha tibbiy ko‘riklar ijobiy natija ko‘rsatgani va bolaning ruhiy holati me’yorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berildi. Qizaloq hozircha buvisining qaramog‘ida bo‘ladi.

Estatib o‘tamiz, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan jajji bemor Z.A.ning 18 yoshga to‘lguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan mas’ul etib belgilangan.

Kiritildi: 17:38 21.02.2022. O'qildi: 3639 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!