1991 yilda Belovejsk shartnomasini imzolagan Belorusiya Oliy Kengashining birinchi rahbari Stanislav Shushkevich SSSR parchalanganidan afsuslanmaydi. Bu haqda siyosatchi “URA.RU” muxbiriga ma’lum qildi.
“Men Belovejsk shartnomasiga imzo qo‘yganimdan g‘ururlanaman, bu qonuniy diplomatiya asari. O‘shanda yovuz imperiya parchalandi”, - dedi Shushkevich “URA.RU” muxbiriga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoqning engilroq parchalanishi ehtimolini mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Gorbachyov "katta huquqlarga ega prezidentlik respublikasi" ni yaratmoqchi bo‘lib qo‘ldan boy bergan.
Shushkevich, shuningdek, shartnomaning imzolanishi qon to‘kilishining oldini olgani haqida aytdi va “Fuqarolar urushi tahdid solayotgandi. Biz ea bunday bo‘lmasligiga harakat qildik”, deya qo‘shimcha qildi u.