Moskvaning SSKA klubi faxriysi Valeriy Masalitin «armiyachilar» yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayevni tanqid qildi.
«Fayzullayev o‘zini anglay olmayapti. Futbolchi to‘liq o‘z imkoniyatlarini ochib berish uchun uni ijaraga berish kerak. Shunda klub Abbosni yaxshi pulga sotishi mumkin. Bahorda u SSKAga deyarli yordam bermadi. Harakat qildi, ammo foyda bergani yo‘q», — deya Masalitin so‘zlaridan keltiradi Match TV.
O‘tgan mavsumda Fayzullayev «armiyachilar» safida RPLda 27 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 4 assistni qayd etdi. SSKA esa mavsumni 3-o‘rinda yakunladi.