Amerikaning SpaceX kompaniyasi ommaga ochiq bo‘lganidan beri birinchi choraklik hisobotini e’lon qildi va 541 million dollarlik sof zarar ko‘rdi.
Bu kompaniyaning moliyaviy hisobotida oshkor qilingan.
2025 yilning shu davrida SpaceXning sof zarari taxminan 1 milliard dollarni tashkil etgan.
Shu bilan birga, choraklik daromad 7,8 milliard dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 92 foizga ga ko‘p.
SpaceX iyun oyida o‘zining birlamchi ommaviy taklifini (IPO) o‘tkazdi. Debyutdan so‘ng, kompaniya aksiyalari narxi 225,60 dollargacha ko‘tarildi, ammo keyinchalik pasayib ketdi. 4 avgust kuni aksiya 125,33 dollarga yopildi.