Bugun 4 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Son Xyon Min "Tottenxem"dan ketishini e’lon qildi

Son Xyon Min "Tottenxem"dan ketishini e’lon qildi

"Tottenxem" sardori Son Xyon Min tez orada klubni tark etishini ma’lum qildi.

33 yoshli futbolchi o‘z qarori haqida "shporlar" rahbariyati va yangi bosh murabbiy Tomas Frankni xabardor qilgan, so‘ngra jamoatchilikka bayonot bergan.

"Men "Tottenxem"dan meni sotishni so‘radim. Qaror qabul qilindi. Men qo‘limdan kelganini qildim va endi menga yangi chaqiruv kerak. Bu mening hayotimdagi eng qiyin qaror. Men shimoliy Londonga ingliz tilini bilmaydigan bola bo‘lib kelganman. Endi men ketishim kerak. Menga shuncha mehr bergan "shporlar"ning barcha muxlislariga rahmat," - deya janubiy koreyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi jurnalist Jey Xarris.

Son Xyon Min o‘n yil davomida "Tottenxem" sharafini himoya qilgan. Katta ehtimol bilan forvard faoliyatini MLSda davom ettiradi - "Los-Anjeles" bilan muzokaralar davom etmoqda.

Kiritildi: 09:13 02.08.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!