Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Soliqchilar tungi klubda: onlayn kassaga kirim qilinmagan millionlar va integrasiya qilinmagan tizim aniqlandi

Soliqchilar tungi klubda: onlayn kassaga kirim qilinmagan millionlar va integrasiya qilinmagan tizim aniqlandi

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va xaridorlar huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish yo‘nalishida tizimli nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 7 avgust kuni viloyat soliq boshqarmasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida Jizzax shahri, Toshkent ko‘chasi, 4A-uyda joylashgan “BLACK CASH” MCHJga (nomi o‘zgartirilgan) qarashli “AL-ARABIA” tungi klubida sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida quyidagi jiddiy qonunbuzilish holatlari fosh etildi:

Xarid cheki berilmagan: Muassasa xodimlari tomonidan mijozga amalga oshirilgan xarid uchun 290 000 so‘m naqd pul evaziga xarid cheki taqdim etilmagan.

Kassaga kirim qilinmagan mablag‘: Shoxobcha xazinasi mas’ullar ishtirokida sanoqdan o‘tkazilganda, jami 3 200 000 so‘m naqd pul shoxobchada o‘rnatilgan ONKMga (onlayn nazorat-kassa mashinasiga) kirim qilinmagani ma’lum bo‘ldi.

Tizim integrasiya qilinmagan: Tungi klubda ichki hisob-kitob uchun avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari mavjudligi va ushbu qurilmalar soliq organlari bazasiga integrasiya qilinmagani aniqlandi. (Ushbu holat bo‘yicha Soliq kodeksining 227¹-moddasiga asosan 2-chorakdagi sof tushumdan kelib chiqib javobgarlik chorasi qo‘llaniladi).

Norasmiy ishchilar: Tungi klub xodimlari soliq hisobotlari bilan solishtirilganda, 10 nafar xodim soliq hisobotlarida aks ettirilmagani, ya’ni norasmiy faoliyat yuritayotgani aniqlandi.

Kiritildi: Bugun 10:20. O'qildi: 779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!