Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Soliq sohasiga ishga kiritishni va’da bergan soliqchi “pora” bilan ushlandi

A A A
Soliq sohasiga ishga kiritishni va’da bergan soliqchi “pora” bilan ushlandi

IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari soliq xodimini pora olayotgan vaqtida qo‘lga oldi.

Bog‘ot tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan Q.X. soliq tizimida o‘ziga ishonib topshirilgan mansab vakolatidan foydalangan holda insonlarga beg‘araz yordam ko‘rsatish o‘rniga, aksincha moddiy boylik orttirishni rejalashtirib oldi.

U o‘zining yoniga biror joyga ishga kirishida yordam so‘rab kelgan tanishiga bajonidil yordam berishini bildirib, “ozgina xarajati” borligini suhbat orasida eslatib o‘tdi.

2018 yilning 5 iyun kuni Xorazm viloyati IIB korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash bo‘limi va viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, o‘zi talab qilgan 1000 AQSh dollarini olayotgan Q.X. jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Xorazm viloyati IIB xodimi podpolkovnik Z.Ismoilovning xabar berishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) va 28-211-moddasi 1-qismi (Pora berishga dalolatchilik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: uznews.uz

Kiritildi: 15:20 14.06.2018. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik