Soliq qo‘mitasi Raisi va o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar 2025 yil 31 iyuldan boshlab hududlarda bevosita ish olib borishni boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 30 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini oshirish, yangi zaxira va imkoniyatlarni ishga solishga doir bir qator topshiriqlar berildi.
Mazkur vazifalar ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining navbatdan tashqari Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda issiqxonalar faoliyatini o‘rganish va ularda tabiiy gazdan samarali foydalanishni tahlil qilish bo‘yicha maxsus Respublika Ishchi shtabi tashkil etildi.
Shtab doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilanib, 4 ta ishchi guruhi tuzildi. Ular quyidagi yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi:
Soliq qo‘mitasi Raisi va o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar 2025 yil 31 iyuldan boshlab hududlarda bevosita ish olib borishni boshlaydi.