Bugun 15 avgust, 2025 yil, juma

КИР

Soliq qo‘mitasi “texnik xatolik" sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilayotganini aytdi

Soliq qo‘mitasi “texnik xatolik" sababli yechib olingan mablag‘lar soliq to‘lovchilarga qaytarilayotganini aytdi

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasida yuz bergan texnik nosozlik sababli 30,1 ming soliq to‘lovchining hisobidan asossiz ravishda jami 399,3 milliard so‘m mablag‘ yechib olingan. Xususan:

7 203 nafar soliq to‘lovchidan – 100 ming so‘mgacha;

10 165 nafar soliq to‘lovchidan – 100 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha;

8 270 nafar soliq to‘lovchidan – 1 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha;

3 780 nafar soliq to‘lovchidan – 10 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha;

672 nafar soliq to‘lovchidan – 100 mln so‘mdan 1 mlrd so‘mgacha;

10 nafar soliq to‘lovchidan – 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yechib olingan.

Soliq organlari mablag‘larni bugungi kun oxirigacha soliq to‘lovchilarning hisob raqamlariga qaytarish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Xususan, Soliq to‘lovchilarning hisobidan yechib olingan mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tegishli xulosalar to‘liq G‘aznachilikka yuborilgan.

Mablag‘larni qaytarish avtomatik tarzda amalga oshiriladi, soliq to‘lovchilardan yozma murojaat talab etilmaydi.

Shu bilan birga, tijorat banklarida hali ijro qilinmagan inkasso topshiriqlari ham qaytarib olinishi ta’minlandi.

Bugun soat 18:00 holatiga 20 608 ta sub’ektga 274,7 mlrd so‘m qaytarilishi ta’minlandi.

Kiritildi: 22:45 13.08.2025. O'qildi: 434 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!