Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Soliq qarzi to‘lanmagani sabab “Jetour” xatlab qo‘yildi

Soliq qarzi to‘lanmagani sabab “Jetour” xatlab qo‘yildi

Soliq qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lamagan jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan Byuro xodimlari tomonidan ta’sir choralari ko‘rilib, qarzdorlik ularning mol-mulkiga qaratilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Buloqboshi tuman bo‘limi ish yurituviga tuman davlat soliq inspeksiyasining O.YU.ning mol-mulk solig‘idan bo‘lgan 24 mln. so‘m soliq qarzdorligini undirish haqidagi qarori kelib tushgan.

Berilgan ixtiyoriy muddat va ogohlantirishlarga qaramay soliq to‘lovchi o‘z majburiyatlarini vaqtida bajarmagan.

Shunga ko‘ra, soliq qarzini undirish maqsadida qarzdorga tegishli “Jetour” rusumdagi avtomashina xatlandi va jarima maydoniga olib kirildi.

Kiritildi: 18:40 09.09.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!