✅Soliqlar – mamlakatimiz taraqqiyotining muhim manbasi. Ular ta’lim, ijtimoiy himoya, huquq-tartibot, mudofaa va infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Ammo, ayrim fuqaro va tashkilotlar soliq majburiyatlarini bajarmaslik bilan davlat byudjetiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
✅Farg‘ona viloyati Majburiy ijro byurosi soliq qarzdorlariga nisbatan qat’iy choralar ko‘rmoqda. Joriy yilning o‘tgan davrida byuro tomonidan 2 trillion 97 milliard so‘mlik 117 432 dan ortiq ijro hujjati ijro etildi. Shundan 34 546 tasi yakunlanib, 441,9 milliard so‘mlik soliq qarzdorligi undirildi.
✅"BESH BOLA NUR KOMPLEKSI" MCHJ misolida 161,5 million so‘mlik qarzdorlik to‘liq undirilgani bu boradagi ishlarning samaradorligini ko‘rsatadi. Majburiy ijro byurosi bunday ishlarni davom ettirmoqda.
Bu esa, davlat byudjetining to‘liq to‘ldirilishi va mamlakatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.