Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bepul dori yana bir bemorning ahvolini og‘irlashtirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bepul dori yana bir bemorning ahvolini og‘irlashtirdi

20 nafardan ortiq buyragi transplantasiya qilingan bemorlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga shikoyat bilan borgani haqida xabar qilgan edik. Ular davlat tomonidan tekinga berilayotgan “Pangraf” va “Maysept” dorisi o‘rniga “Roligraf” va “Allasept” berilayotganidan norozi bo‘lishgandi.

Shundan so‘ng, Togri.uz bemorlar noroziligiga nima sabab bo‘lganini o‘rganishga kirishdi. Asariyat transplantasiya qilingan bemorlar dialez amaliyotidan zo‘rg‘a o‘ziga kelgani, yana o‘sha holatga tushib qolishdan qo‘rqishini aytdi.

Togri.uz bilan bog‘langan bemorlar “Roligraf” va “Allasept” dorisidan ahvoli yomonlashganini ta’kidlashmoqda.

Bemor Muazzam Mahkamova davlat bergan doridan ahvoli og‘irlashgani, shifokorning tavsiyasi bilan boshqa dorini qimmatga olib ichishga majbur bo‘layotganini aytdi:

“Shu yilning may oyida operasiya bo‘lganman. Operasiyadan so‘ng dori sotib olib, ichib yurdim. Oilaviy ahvolim og‘irlashib qolganidan so‘ng davlat tomonidan bepul berilayotgan dorini 1 sentyabrdan boshlab icha boshladim. Menda ko‘ngil aynishi, qo‘l qaltirashi, qorin damlash, soch to‘kilishi kuzatildi. O‘zimni yomon his qila boshladim.  17 sentyabrda bir oyda bir topshiradigan analizimni 2 haftada topshirishga majbur bo‘ldim. Tahlil natijasi yomon chiqdi. Menda takralimus 26 ga ko‘tarilib ketibdi. Odatda takralimusim 8 dan 12 gacha bo‘lardi. 26 men uchun juda baland. Keyin Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazidagi shifokorim Jahongir Bahadirovich bu dorini ichishni to‘xtatishimni aytdi. Ulug‘bek Karimov ham “Roligraf” o‘rniga “Pangraf” ich dedi. Noiloj qimmat bo‘lishiga qaramay qarindoshlarimizdan qarz olib, dori sotib oldim. “Pangraf”da hech qachon unaqa holatlar kuzatilmagan. Takralimusim ham oshib ketmagan.

Biz tavakkal qilishga qo‘rqamiz. Bizga kimdur jonini yarmini bergan. Ular boshidan o‘tqizmagan, buni qanday azobligini bilmaydida. Buyragimiz ishdan chiqsa, yana dialezga tushib qolishni xohlamaymiz. Kimdan olamiz yana buyrak. Operasiya bo‘lish o‘zimas. Hammaning ham qurbi yetmaydi operasiyaga. Kimlardur yashab turgan uyini sotib shu amaliyotni boshidan o‘tqazgan, hammasi faqat yashash uchun qilinadi. Hayotga qayta kelgan odamlar tavakkal qilishdan qo‘rqadi”.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tender o‘tkazilgani va unda yutgan firma dorilarni keltirayotganini aytmoqda. Bemorlarga aynan o‘sha dorilar tarqatiladi. Bu dorini ichib ahvoli og‘irlashib qolayotgan bemorlar shikoyat qilmoqda. Vazirlik dorilarni almashtirmayapti.

Kiritildi: 15:30 09.10.2019. O'qildi: 2220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!