Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Sog‘liqni saqlash tizimida rag‘batlantirish yangi bosqichga chiqadi

Sog‘liqni saqlash tizimida rag‘batlantirish yangi bosqichga chiqadi

Prezident ta’kidlaganidek, endilikda sog‘liqni saqlash rahbarlarini rag‘batlantirish tizimi ham tubdan o‘zgartiriladi.

🔹 Tuman va viloyat darajasida kasalliklarning oldini olish, samarali davolash bo‘yicha yangiliklar joriy etgan, bemorlarni mahalliy sharoitda davolay olgan, dori tarqatishni tizimga solgan va shifokorlarni muntazam o‘qitib borgan rahbarlar orden, medallar va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tibbiyot xodimi” unvoni bilan taqdirlanadi.

🔹 Ularga 30 million so‘m pul mukofoti beriladi, shuningdek, rahbarlik qilayotgan shifoxona va poliklinikalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratiladi.

🔹 Har bir viloyatdan eng yaxshi ikki tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi rahbari va oilaviy poliklinika mudiri AQSH, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya va Turkiya kabi ilg‘or tibbiyotga ega mamlakatlarda menejerlik bo‘yicha o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu tashabbuslar sog‘liqni saqlash tizimida sifat, mas’uliyat va xalol mehnatni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Kiritildi: 14:50 10.11.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!