Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Sog‘liqni saqlash sohasi og‘ir judolikka uchradi

A A A
Sog‘liqni saqlash sohasi og‘ir judolikka uchradi

Sog‘liqni saqlash sohasi og‘ir judolikka uchradi. Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinik shifoxonasi bosh shifokori Abdullayev Nurmamat Abdullayevich vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

N.Abdullayev 1945 yil 12 aprelda Xorazm viloyati Xiva shahrida tug‘ilgan. 1967 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini imtiyozli tamomlab, ushbu ushbu oliy o‘quv yurtida turli lavozimlarda faoliyat yuritdi. 1993 yildan to shu kunga qadar esa Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinik shifoxonasi bosh vrachi lavozimida uzluksiz va samarali ishladi. Uning rahbarligida klinika faoliyatida tub ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

N.Abdullayev mahoratli rahbar bo‘lishi bilan birga, katta klinik tajriba va chuqur bilimga ega bo‘lgan vrach-terapevt sifatida og‘ir, murakkab bemorlarni rasional davolash orqali minglab kasallarni hayotga qaytarishga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. O‘zining insonparvarligi, xalqchilligi tufayli jamoatchilik o‘rtasida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘ldi. Mehribon ota, oilaparvar inson sifatida 4 farzandni tarbiyaladi.

N..Abdullayev davlatimiz rahbarining Farmonlari bilan “O‘zbekistonda Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni hamda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinik shifoxonasi bosh shifokori Abdullayev Nurmamat Abdullayevichning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Kiritildi: 15:10 26.12.2019. O'qildi: 5522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik