Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Sofascore portali Shomurodov va Fayzullayevning "Trabzonspor"ga qarshi o‘yinini baholadi

Sofascore portali Shomurodov va Fayzullayevning "Trabzonspor"ga qarshi o‘yinini baholadi

Kecha Turkiya Superligasining 33-turi doirasida «Trabzonspor» hamda «Istanbul Bashakshexir» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahs 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

E’tiborli jihati, mehmonlar tarkibida ikki nafar hamyurtimiz ishtirok etdi. Terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 75-daqiqaga qadar maydonda faol harakat qildi. Shuningdek, jarohatidan forig‘ bo‘lgan yarim himoyachi Abbos Fayzullayev ham safga qaytdi. U uchrashuvning 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Biroq, Fayzullayev o‘yinning 87-daqiqasida hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi. Bu uning uchun mavsumdagi navbatdagi ogohlantirish bo‘lgani sababli, yarim himoyachi sariq kartochkalari yig‘ilib qolgani bois jamoasining keyingi uchrashuvini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.

Bellashuv yakunlariga ko‘ra, nufuzli Sofascore portali futbolchilarning harakatlarini baholadi. Unga ko‘ra, Eldor Shomurodovning o‘yini 6,7 ballga, Abbos Fayzullayevning ishtiroki esa 6,4 ballga loyiq ko‘rildi.

Kiritildi: Bugun 14:51. O'qildi: 324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!