Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

«Society» jurnali: O‘zbekistondagi madaniy meros ob’ektlarining aksariyati YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan

«Society» jurnali: O‘zbekistondagi madaniy meros ob’ektlarining aksariyati YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan

Avstriyaning ommabop «Society» jurnalida «O‘zbekiston butun dunyodan sayyohlarni chorlamoqda» sarlavhali maqola chop etildi.

Unda Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O‘zbekiston o‘zining ko‘plab me’moriy obidalari, go‘zal tabiat manzaralari, muhtasham saroylari, qadimiy sivilizasiyalarga munosib hissa qo‘shgan buyuk ajdodlari, mashhur hunarmandchilik ustaxonalari va milliy taomlari bilan mashhur ekani ta’kidlangan.

«O‘zbekistonda 7 mingdan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud bo‘lib, ularning aksariyati YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, – deyiladi nashrda. – Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva, Urganch, Termiz, Qoraqalpog‘istonning qadimiy obidalari O‘zbekistondagi tarixiy-ma’rifiy turizmning asosi hisoblanadi».

Jurnal Samarqand shahridagi mashhur Registon maydoni, Xivadagi «Ichan-qal’a», Shahrisabzdagi Oqsaroy majmuasi, Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi kabi mamlakatning eng mashhur tarixiy obidalari va ularning qurilish tarixiga oid ma’lumotlarni ham mushtariylar e’tiboriga taqdim qilgan, deb xabar beradi «Dunyo» AA.

«Gastronomiya O‘zbekistonga sayohat qilish uchun yana bir sababdir. Mamlakatga borganingizdan so‘ng, siz har qanday ekskursiyadan voz kechishingiz mumkin, lekin hech qachon o‘zbek milliy taomlarini rad etolmaysiz. O‘zbek oshxonasi o‘zining xilma-xil va mazali taomlari bilan ajralib turadi. Siz dunyodagi eng mazali palov, tandir kabob, lag‘mon va boshqa o‘zbek taomlarini tatib ko‘rishni istasangiz, albatta O‘zbekistonga tashrif buyuring», – deb yozgan «Society».

Kiritildi: 10:57 11.07.2024. O'qildi: 837 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!