Peru sudi sobiq prezident Martin Viskarrani korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Tinglov RPP radiostansiyasi tomonidan translyasiya qilingan.
Viskarra bir aybi uchun sakkiz yil, ikkinchisi uchun olti yil qamoq jazosiga hukm qilindi. "Qo‘shma jinoyatlardan kelib chiqqan holda, umumiy jazo 14 yil qamoq jazosi hisoblanadi. Jazo samarali bo‘lishi va darhol ijro etilishi kerak", - deya o‘qib eshittirdi sudya.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Viskarra Mokegua departamenti gubernatori (2011-2014) vaqtida turli loyihalar bo‘yicha tenderlarda qatnashuvchi kompaniyalardan pora olgan. Siyosatchi har qanday qonunbuzarlikni rad etadi.
U 2018 yilning mart oyida o‘sha paytdagi prezident Pedro Pablo Kuchinski iste’foga chiqqanidan so‘ng prezidentlik lavozimini egallagan edi. 2020 yil noyabr oyida Peru parlamenti Viskarrani lavozimidan chetlashtirish uchun ovoz berdi. Siyosatchi Mokeguadagi korrupsion sxemalarga aloqadorligi haqidagi xabarlar tufayli “axloqiy qobiliyatsiz” deb topildi.