Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“SMS”laringizga javob berishmayaptimi? Nima qilish kerak?

“SMS”laringizga javob berishmayaptimi? Nima qilish kerak?

Ayrimlar telefoniga SMS-xabar kelganida ochishadi, o‘qishadi, ammo darrov javob yozishmaydi. Balki, o‘sha xabarni yuborgan odam sizni kutayotgandir? Balki sizda uning qandaydir bir muhim ishi bordir? Xabarlaringizni inkor qilayotganda qanday yo‘l tutish kerak?

1-usul: Agar xabarga darrov javob yozishning imkoni bo‘lmasa...

• Vaqt tig‘iz paytda yaxshisi, xabarni ochmang. Bo‘shaganingizda bemalol ochib qarayverasiz...

• Xabarni ochib, sal keyinroq javob yozib yuboraman, degan xabarni yuboring.

2-usul: Agar xabarga nima javob berishni bilmasangiz...

• Yaxshisi, bu haqida uning o‘ziga ma’lum qiling. O‘ylab ko‘rib, javob yozishingizni ayting. Shunda u o‘zini “meni inkor qilishdi” deb o‘ylamaydi.

• Xabarga javob yozmaslik ortidan o‘sha insoningizdan uzoqlashib ketishingiz mumkin. Shuni ham inobatga oling.

3-usul: Xabarga javob yozishni istamayotgan bo‘lsangiz

Ba’zida xabar sizga umuman qizig‘i yo‘q insondan ham kelishi mumkin. Bu holatda ham xabarga javob bermaslik noto‘g‘ri! Chunki, u buni noto‘g‘ri tushunishi va battar xafa bo‘lib qolishi mumkin. Bu harakatlaringiz unga “uzr, nazarimda, gaplashmaganimiz yaxshi” yoki “Gaplashadigan gapning o‘zi yo‘q”dan ko‘ra, qattiqroq tegadi. Yaxshisi, bor narsani o‘z holicha aytib qo‘ying.

4-usul: Agar sizni inkor qilishsa...

Kimgadir xabar yubordingiz-u ammo hanuz javob olmadingiz. Bu holatda “nima bo‘ldi?”, deb oradan bir kun o‘tgach yozishingiz mumkin. Bu normal holat. Keyingi xabarni oradan bir necha kun o‘tgach yana yozishingiz mumkin. Ammo, shunda ham javob kelmasa, hammasini unuting!

E’tibor va hissiyotlaringizni sizni inkor qilayotgan odamga sarflashning nima keragi bor?

Kiritildi: 06:45 21.02.2020. O'qildi: 3604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!