Slovakiya kelgusi haftada Rossiya gazi importiga qo‘yilgan taqiqqa qarshi Yevropa Ittifoqi sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
Bu haqda mamlakat adliya vaziri Boris Susko ma’lum qildi.
«Kelgusi haftada ushbu da’vo arizasi topshiriladi», — dedi u TA3 telekanali orqali jonli efirda uzatilgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika qaror qabul qilish jarayoniga rozi emas.
Susko bu kabi muhim masalalar bo‘yicha qarorlar bir ovozdan qabul qilinishi kerakligini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, mazkur holatda qaror faqatgina kvalifikasiyalangan ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullangan.