Slovakiya bosh vaziri G‘arbni “ruslarni tiz cho‘ktirishga” urinishda aybladi.
Slovakiya bosh vaziri Robert Fisoning aytishicha, G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdan maqsadi “ruslarni tiz cho‘ktirishdir”. Shuningdek u Ukrainaning YEIga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini, lekin NATOga a’zo bo‘lishiga mutlaqo qarshi ekanligini aytdi.
Fiso keyingi yil Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi. U Slovakiyaga erkinlik sharqdan kelganini ta’kidlab, “Qizil Armiya va SSSR haqida ijobiy fikr bildirayotganlarni Putinning agentlari deb hisoblamaslikka” chaqirdi.