Robert Fiso 9 may kuni G‘alaba kuni nishonlanadigan Moskvaga tashrif buyurishini va prezident Vladimir Putin bilan uchrashishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Slovakiyaning TASR davlat axborot agentligi o‘z maxsus muxbiriga tayanib.
Fiso hozirda Yerevanda o‘tkazilayotgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida ishtirok etmoqda.
"Men slovak ayollari va erkaklari nomidan ozodlik uchun minnatdorchilik bildirish maqsadida Qizil armiyaning Noma’lum askar qabriga gul qo‘yaman va prezident Putin bilan qisqa uchrashuvim bo‘lishi kerak. Bu hammasi. Men hech qanday harbiy paradda qatnashmayman. Format avvalgidek bo‘ladi", — deya agentlik Fisoning gaplaridan iqtibos keltirmoqda.
Robert Fiso bir necha bor Yevropa davlatlarining Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi borasida shubha bilan fikr bildirgan va Rossiya bilan siyosiy munosabatlarni qayta tiklash tarafdori sifatida chiqish qilgan.