AQSh tomonidan Venesuela nefti eksportiga embargo e’lon qilingach, mamlakat portlaridagi neft yuklangan tankerlar chiqa olmay qolgan. Ba’zi kemalar hududni bo‘sh holda tark etgan, asosiy terminalda esa neft yuklash ishlari to‘xtatilgan.
Nashr manbalariga ko‘ra, omborlar va suzuvchi saqlash kemalari haddan tashqari to‘lib ketgani sabab Venesuela neft qazib olish hajmini qisqartirishga majbur bo‘lishi mumkin.