Venesuela poytaxti Karakasdagi prezident saroyi yaqinida otishma ovozlari qayd etilgan.
Bu haqda Amerikaning BNO News portali xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Venesuelada prezident saroyi yaqinida otishma sodir bo‘lmoqda. Voqea sabablari aniq emas.
Venesuelaning Noticias Caracol radiostansiyasi manbalari hududdagi davlat idoralari evakuasiya qilingani haqida xabar bermoqda. Ta’kidlanishicha, dronlar hudud ustidan uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin, bu esa havo hujumidan mudofaani ishga tushirgan.
AFP hukumatdagi manbalarga tayanib xabar berishicha, vaziyat nazorat ostida.