Suriya Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Nuriddin al-Baba ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat muvaqqat prezidenti Ahmad al-Sharaga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.
Bu haqda Turkiyaning Haber Global telekanali xabar bermoqda.
"Bu ma’lumot mutlaqo yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. So‘nggi kunlarda prezident yoki boshqa yuqori lavozimli amaldorlar bilan bog‘liq hech qanday voqea sodir bo‘lmagan", — deb yozdi rasmiy Facebookda.
Al-Baba fuqarolar va ommaviy axborot vositalarini "mas’uliyatni his qilishga va davlat idoralarining aniq ma’lumotlaridan foydalanishga" chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, ikki kundan beri ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt yordamida yaratilgan chalg‘ituvchi tasvirlar tarqalmoqda. Ular Damashqda ularga qarshi uyushtirilgan hujumda prezident Ahmad al-Shara va uning yordamchilaridan biri yaralanganini da’vo qilishdi.