Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

“Siti” va yana ikki superklub o‘rtasida Vinisius uchun kurash boshlandi

“Siti” va yana ikki superklub o‘rtasida Vinisius uchun kurash boshlandi

Vinisius Junior ayni paytda o‘z kelajagini belgilab beruvchi muhim qaror oldida turibdi. Uning “Real” bilan shartnomasi 2027 yil yarmigacha amal qiladi, ammo yangi shartlar bo‘yicha hali kelishuvga erishilmagan.

Bu holat Premyer-liganing uch grandi – “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” qiziqishini uyg‘otdi. Ular yozda uni sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda.

Oxirgi “el-klasiko”dan keyin braziliyalik yulduzning xulq-atvori OAV va muxlislar o‘rtasida muhokama mavzusiga aylandi. Bu holat Vinisiusning kelajagiga ta’sir qilishi aytildi.

Hozir ingliz klublari uni diqqat bilan kuzatmoqda. Britaniya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Vinisius o‘zini yetarlicha qadrlanmagan, deb his qilmoqda va bu uning ketish ehtimolini oshirmoqda.

“Chelsi” 25 yoshli hujumchini yangi loyihasining markaziga aylantirmoqchi, “Manchester Yunayted” esa, uni jamoa qayta tiklanishining ramzi sifatida ko‘rmoqda. “Manchester Siti” Vinisius yordamida hujumga tezlik va yangicha shiddat qo‘shmoqchi.

Har uch klub uni olishni xohlasa-da, Vinisiusning yuqori maosh talabi va “Real” belgilagan katta badal to‘lovi muzokaralarni qiyinlashtiradi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu masalada ko‘p narsa Vinisius Juniorning qanday qarorga kelishiga bog‘liq bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 11:08. O'qildi: 321 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!